O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasida parlament va prezident vakolatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bosh vazir nomzodi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvdan so‘ng prezident tomonidan taklif etiladi. Palata va Senat o‘z-o‘zini tarqatib yuborish qarorini qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining qarorida referendumda qanday savolga javob berish so‘ralishi ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, Konstitutsiya yangilangandan so‘ng, davlat amaldorlari ushbu lavozimlarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda saylanishi va tayinlanishi mumkinligi tushuntirildi.
O‘zbekistonda 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilayotgan referendum mamlakat tarixida shu tartibdagi beshinchi umumxalq ovoz berish jarayoni bo‘ladi. «Gazeta.uz» bungacha 1991 (2 marta), 1995 va 2002 yillarda o‘tkazilgan referendumlar haqida ma’lumot beradi.
Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilgach, aholi hokimlarni bevosita saylash huquqiga ega bo‘ladi, dedi senator Tolibjon Madumarov. Unga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati hamda kengash nazorati to‘g‘risidagi qonunlar loyihasi tayyor. Hokimlar saylovi yo‘lga qo‘yilishi haqida 2016 yildan beri gapiriladi.
Deputatlar Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritishni davom ettirishga qaror qildi. Faqat birgina deputat (ehtimol, Alisher Qodirov) qarshi ovoz berdi. Prezident taklifiga ko‘ra, loyiha 8 dekabr — Konstitutsiyaning 30 yilligida qabul qilinishi kerak edi. Endi referendumni ushbu sanagacha o‘tkazishga ulgurishmaydi.
Ijtimoiy fikr markazi o‘tkazgan so‘rovnomada respondentlarning 83 foizi «konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi va zamonaviy sharoitlarda Konstitutsiyani takomillashtirish zaruriyatini e’tirof etishini» ma’lum qildi. 47,2% respondent esa Bosh qonunni takomillashtirishda ishtirok etishni xohlaydi.
Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi «Bu mening Konstitutsiyam» portalida ikki tilda e’lon qilindi. U PDF formatida joylashtirilgan bo‘lib, alohida moddalarga izoh qoldirish imkoniyati mavjud emas. Lekin fuqarolar o‘z fikrlarini yozib qoldirish imkoniyatiga ega. Muhokama 10 kun davom etadi.
100 ming kishidan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolar o‘z qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Prezident buning uchun Konstitutsiyada qonunchilik takliflarini kiritish institutini qayd etish taklifini ilgari surdi.
Shavkat Mirziyoyev prezidentning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Hisob palatasi rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish bo‘yicha vakolatlarini Oliy Majlisga o‘tkazishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki tashkilot avvalambor Senat oldida hisobdor bo‘lishi lozim.
Shavkat Mirziyoyev gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olinganda, unga huquqlarini tushuntirish bo‘yicha qoidani («Miranda qoidasi») va «Xabeas korpus» tamoyillarini Konstitutsiyada aks ettirish kerakligini ta’kidladi. Ushbu qoidalar O‘zbekiston qonunchiligida allaqachon belgilangan.
Shavkat Mirziyoyev «snos"larga barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolat belgilab qo‘yish kerakligini aytdi. «Sud qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, bu uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya to‘lanishi shart», — dedi u.
Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi, deputat Bobur Bekmurodov Asosiy qonunni isloh qilish bo‘yicha takliflarni qabul qilish, saralash va qonun loyihasida aks ettirish jarayoni qanday amalga oshirilishini tushuntirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, takliflar veb-sahifa, Telegram-bot, pochta, davlat tashkilotlari orqali qabul qilinadi, tahlilchilar guruhi uni saralaydi va komissiyaga kiritadi. «Asosiy prinsip — bu taklif yuborish qulay va inklyuziv bo‘lishi kerak», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting